178. (Ey mo‘minlar) sizlarga o‘ldirilgan kishilar uchun ozod kishi muqobiliga
ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan qasos olish farz
qilindi. Endi kimga birodari tomonidan bir oz afv qilinsa (ya’ni qotildan qasos
olish o‘rniga tovon olishga rozi bo‘linsa), u holda yaxshilik bilan bo‘yinsunish
va chiroyli suratda tovon to‘lash lozimdir.
I z o h.
Ya’ni, qotilning o‘ldirilmasdan tovon to‘lashiga rozi bo‘lgan taraf qo‘pollik qilmay,
qo‘rqitmay kutishi, qotil tarafi esa cho‘zmasdan, xiyonat qilmasdan tovonni to‘lashi
lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |