Uylarga eshiklaridan kiringiz! Va Allohdan qo‘rqing! Shoyad najot topsangiz.
190. Sizlarga qarshi urushuvchilar bilan Alloh yo‘lida jang qilingiz va
tajovuzkor bo‘lmangiz! Shubhasiz, Alloh tajovuzkorlarni sevmaydi.
I z o h .
Birinchidan, urushni sizlar avval boshlamang. Ikkinchidan, urush qonun-
qoidalariga rioya qiling: quloq-burunni kesish, qurolsiz kishilarni, ayollar, go‘daklar va
qarilarni o‘ldirish kabi dinsiz kimsalarning odatlarini qilmang!
191. Ularni (sizlar bilan urush olib borayotganlarni) topgan joyingizda
o‘ldiringiz va sizlarni (quvib) chiqargan joy (ya’ni Makka) dan ularni ham quvib
chiqaringiz! (Odamlarni) aldab, fitnaga solish o‘ldirishdan yomonroqdir. O’zlari
urush boshlaguncha ular bilan Masjid-al-harom oldida urushmangiz! Bas, agar
Do'stlaringiz bilan baham: |