Ayting: u (oylar) odamlar va haj uchun vaqt o‘lchovlaridir.
I z o h .
Oyning o‘zgarib — yangilanib turishiga qarab odamlar o‘zlarining dehqonchilik,
savdo va boshqa dunyoviy ishlari hamda haj, ro‘za, zakot kabi diniy ishlarning vaqtlarini
aniqlaydilar.
Uylaringizga orqa tomonidan kirishingiz yaxshilik emas, balki Allohdan
qo‘rqqan kishi yaxshilik qilguvchidir.
I z o h .
Musulmonlar haj safaridan qaytganlarida uylariga eshikdan kirmay, orqa
tomondan kelish odatlari bo‘lib, bu ularga islomdan oldingi davrlardan meros bo‘lib
qolgan edi. Ushbu oyat buning befoyda odatligini, haqiqiy yaxshi amal Allohdan qo‘rqish
ekanini ifoda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |