Endi agar sizlardan (hojilardan) kimdir kasal yoki boshida biron dardi bo‘lsa
(shu uzr bilan ihromda turgan holida sochini qirdirsa), u holda (uch kun) ro‘za
tutish yoki (olti miskinga) sadaqa berish yoxud (bir qo‘y) so‘yish bilan evaz
to‘lasin! Qachonki (yo‘lto‘sarlar yoki boshqa har qanday mone’dan) xotirjam
bo‘lsangiz, (oralaringizdan) kim haj (yo‘lida) umradan foydalangan bo‘lsa
(ya’ni haj mavsumida avval umra amallarini bajarib, ihromdan chiqib, so‘ngra
hajga ihrom bog‘lagan bo‘lsa), muyassar bo‘lgan biron hadyani yuborsin! Kim
(hadya qiladigan narsa) topa olmasa, uch kun hajda, yetti kun qaytganidan
keyin ro‘za tutsin! Bu to‘la o‘n kundir. Ushbu hukm ahli — oilasi Masjid-al-
haromda bo‘lmagan kishilar uchundir. (U yerning aholisi uchun bunday huquq
va burchlar yo‘q). Allohdan qo‘rqingiz! Va bilingki, Alloh — azobi qattiq zotdir.
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
25
Do'stlaringiz bilan baham: |