qilgan narsani (balo-musibatni) aritur. Allohga sherik deb biladigan
butlaringizni esa unutib yuborursizlar.
42. (Ey Muhammad), ma’lumki, sizdan avvalgi millatlarga ham elchilar
yuborganmiz. (Elchilarimizni ular yolg‘onchi qilishgach), shoyad tavba-tazarru
qilsalar, deb ularni balo va ziyonlar bilan ushlaganmiz.
43. Bizning baloyimiz yetganda ham tazarru qilmadilarmi?! (Albatta tavba-
tazarru qilishlari lozim edi), lekin ularning dillari qotib qolgan va shayton qilib
yurgan ishlarini o‘zlariga chiroyli ko‘rsatib qo‘ygandir.
44. Endi — o‘zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida,
ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik. Qachonki o‘zlariga berilgan
narsalar bilan shod turganlarida, ularni to‘satdan ushladik. Bas, butunlay
Do'stlaringiz bilan baham: |