35. Agar sizga ularning yuz o‘girishlari og‘ir botib (sabr qila olmasangiz), u
holda yerga (kirib ketadigan) biron teshik yoki osmonga (chiqib ketadigan)
biron narvon istab, ularga oyat-mo‘‘jiza (topib) keltirishga qodir bo‘lsangiz
(shunday qilavering). Agar Alloh xohlaganda albatta ularni hidoyat ustida
birlashtirgan bo‘lur edi-ku! Bas, hargiz johillardan bo‘lmang!
36. Albatta, eshita oladigan zotlargina (sizning da’vatingizni) qabul qilurlar.
O’liklarni (kofirlarni) esa Alloh tiriltirur. So‘ngra O’ziga qaytarilurlar.
37. «Unga (ya’ni Muhammadga) Parvardigoridan biron oyat-mo‘‘jiza tushirilsa
edi», dedilar. Ayting: «Albatta, Alloh (ular istagan) oyatni tushirishga qodirdir.
Lekin ularning ko‘plari (o‘sha mo‘‘jiza tushganidan keyin ham inkor qilsalar,
Do'stlaringiz bilan baham: |