yuradilar-a!
32. Bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgidir, xolos. Albatta, Allohdan
qo‘rqadigan kishilar uchun oxirat diyori yaxshiroqdir. Aql yurgazmaysizlarmi?!
33. (Ey Muhammad), ularning gaplari shak-shubhasiz sizni mahzun qilishini
bilurmiz. Zotan, ular sizni yolg‘onchi qilmaydilar, balki bu zolimlar Allohning
oyatlarini inkor qiladilar.
34. Ma’lumki, sizdan avvalgi payg‘ambarlar ham yolg‘onchi qilinganlar. Bas, to
ularga Bizning yordamimiz kelgunicha yolg‘onchi qilinganlari va
ozorlanganlariga sabr qilganlar. Allohning («Payg‘ambarlarimni O’zim
qo‘llagayman») degan so‘zlarini o‘zgartira olguvchi biron kimsa yo‘qdir. Axir
sizga (ey Muhammad), o‘tgan payg‘ambarlarning ayrim xabarlari kelgan-ku!
Do'stlaringiz bilan baham: |