Mavzu: XVI-XIX asrlarda Buxoro xonligi diplomatik munosabatlar



Download 29,77 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi29,77 Kb.
#317633
  1   2   3   4
Bog'liq
Usmonov Gʻanijon Mustaqil ish


Mustaqil ish

Mavzu: XVI-XIX asrlarda Buxoro xonligi diplomatik munosabatlar

Reja:

1.Buxoro xonligi va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar Xulosa



2.Buxoro xonligi va Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar Xulosa

3.Buxoro xonligi va inglizlar oʻrtasidagi munosabatlar Xulosa

4.Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Buxoro xonligi va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar.



XVI asrdan boshlab Oʻrta Osiyo xonliklarining Moskva bilan savdo aloqalari rasmiy tus ola boshlagan. Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan 1557-1558 yillar oraligʻida Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib podsho Ivan Grozniy bilan uchrashadi. Ular oʻz xonlari nomidan savdogarlarning Volga boʻylab erkin oʻtishlariga ijozat soʻraydi. Qaytib kelgan elchilar Moskvadan juda koʻp oʻq dori,ov qushlari va matolar bilan qaytadi.Ayni paytda Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo aloqalarini yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor edi.Chunki Buxoro Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligi va Buxoro orqali Hindistonga chiqish ham mumkin edi.

1558-yil 23dekabrda Jenkinson Rossiya podshosi Ivan IV ning ishonch yorlig’i bilan Buxoroga keladi va u yerda savdoning holati bilan tanishadi.Aslida Jenkinson ingliz savdo kompaniyasining vakili hisoblanadi. A.Jenkinsonning O’rta Osiyoga sayohat qilishidan asosiy maqsad xonliklar orqali Hindistonga boradigan eng yaqin va qulay yo’lni topishdan iborat bo’lgan.Jenkinsonning Buxoroga kelishi haqida har xil fikrlar mavjud.Masalan rus olimi S.V.Jukovskiy: Jenkinsonning Buxoroga borishi haqidagi fikrlarini bayon qilib quyidagicha yozadi: “Aytish qiyin, nahotki Jenkinson chindan ham Ivan Grozniyni o’z tomoniga og’dirib olgan, va guyo Ivan Grozniy inglizlarga yoqish uchun uni O’rta Osiyoga borishiga ruxsat bergan. Jenkinsondan balki podsho (Ioann Grozniy) foydalangandir va uni 1557 yilda Rossiyada erkin savdo qilishlari uchun ruxsat so’rab kelgan Xiva va Buxoro elchilik missiyasiga javob tariqasida Buxoro va Xivaga elchi qilib yubormadimikan?”. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, aytish mumkinki, Jenkinson Moskva Rusining Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi. Jukovskiyning ikkinchi fikri xaqiqatga yaqin bo’lsa kerak, ya’ni podsho O’rta Osiyo bilan savdo-aloqalarini o’rnatish maqsadida ingliz savdogari Jenkinsonga rasmiy yorliq bergan. Jenkinsonning Rossiya nomidan O’rta Osiyoga jo’natilishi Rossiyaning O’rta Osiyo savdosida ma’lum bir manfaati bo’lgani tasdiqlaydi. Jenkinson “Buxoroda savdogarlarning har yilgi yig’ilishi bo’lib, u yerga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa davlatlardan savdogarlar katta karvonlar bilan kelib yig’ilib turadi”, - deb yozgan edi. Bu holat XVI asr o’rtalarida Buxoro qadimgidan xalqaro savdo markazlaridan biri bo’lib qolganligidan dalolat beradi. Jenkinson yana qo’shib qo’yadi, “go’yoki, bu savdogarlar shu darajada qashshoqki, ular kam tovarlar olib kelishiga qaramay bu tovarlarni hatto uch yillab sotadi, shuning uchun bu yerda foydali savdo qilish uchun hech qanday ishonch yo’q”, - deb yozadi.Antoni Jenkinson Buxoro xoni Abdullaxon Il tomonidan qabul qilingan.Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini oʻzing “Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat” nomli esdaliklarida batafsil yozgan. Antoni Jenkinson elchiligi natijasida Buxoro xonligi va Rossiya oʻrtasida yaxshi savdo elchilik aloqalari oʻrnatilgan.

XVIII asrda, ya’ni Pyotr I hukmronligi yillarida Rossiyaning O‘rta Osiyoga qiziqishi kuchayadi. O‘rta Osiyo Rossiyani Sharqning savdo — iqtisodiy markazi, Rossiyadan Hindistonga boradigan asosiy yo‘llardan biri ekanligi bilan o‘ziga jalb qilardi. XVIII asr boshlarida Buxoroda siyosiy vaziyat juda og‘ir bo‘lgan. Xon hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan edi. 1721—1725 yillarda O‘rta Osiyoda bo‘lgan Florio Beneveni ekspeditsiyasi bu siyosiy holatning guvohi bo‘lgan [3]. Bu ekspeditsiya Buxoro xonining rus podshosidan elchi yuborishini so‘rab qilgan murojaatiga javoban jo‘natilgan edi. Elchilikdan ko‘zlangan asosiy maqsad, 1718 yil 13 iyuldagi “Ko‘rsatma”da Buxoro amirligining ichki ahvolini to‘la-to‘kis o‘rganish, deb belgilangan edi. Pyotr I hukmdorligining 30 yilini O’rta Osiyo haqidagi o’ylar bilan o’tkazgan. U faqatgina Xivaga uyushtirilgan ekspeditsiya bilan cheklanib qolmagan. 1708 yildan boshlab, Rossiya davlati xizmatlarini sadoqat bilan bajarib kelgan, asli Yugoslaviyaning Raguza shahridan bo’lgan, millati italyan Florio Benevenini 1718 yilda ma’lum maqsadlar bilan Buxoroga elchi qilib yuboradi. Beneveni 1722 yilning noyabr oyida Eron orqali Buxoroga yetib keladi va uch yil u yerda yashab, oldiga qo’yilgan vazifalarni a’lo darajada bajaradi. Qovun po’stlog’iga Buxoro atroflari xaritasini tushiradi. Xiva hamda Buxoro xonliklarining o’zaro munosabatlari, tilla qum va boshqa mavzularda ko’pgina qimmatli ma’lumotlar to’playdi. Imkon bo’ldi deguncha, bu ma’lumotlarni o’z rahnamosiga yetkazib turadi. Pyotrga yuborilgan xabarlarda o’zbeklar kim ekanligini ham o’z nuqtai nazaridan sharhlab beradi. Jumladan, u xatida, o’zbeklarning sovg’a salomga sotilmasligi va shubhali shaxslar bilan oshna-og’aynigarchilik qilmasligi hamda undaylarni do’st tutmasligini alohida ta’kidlab o’tadi. Bu kabi tarixiy voqealar Pyotrning O’rta Osiyoga katta qiziqish bilan yondoshganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Borgan sari Rossiya imperiyasining oʻrta Osiyo xonliklarini bosib olish harakati kuchayib boradi va koʻplab savdogar elchilar niqobida har xil missiyalar amalga oshirilgan.

Xoxlov elchiligi - rus podshosi M.F.Romanov (1613—45) Buxoro xoni Imomqulixon huzuriga boyar Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida yuborgan diplomatik missiya (1620 —22). Imomqulixon tomonidan yuborilgan Odambiy rahbarligidagi elchilik (1619—20) ka javoban joʻnatilgan. I.D.Xoxlovga avvalo Buxoro xonini Rossiya bilan savdo va doʻstona aloqalar oʻrnatishga koʻndirish, Buxorodagi rus asirlarini ozod etish, Buxoro xonligining Turkiya, Eron, Gruziya, Xiva xonligi bilan aloqalari qanday ekanligi, Buxoroning harbiy qudrati haqida maxfiy maʼlumotlar toʻplash va boshqa vazifalar yuklatilgan. Elchilar Qozondan 1620-yil 21 iyunda Buxoro va Xiva elchilari Odambiy va Rahimqul hamrohligida yoʻlga chiqqanlar. Ular Astraxon — Kaspiy dengizi — Toʻpqaragʻan pristani — Urganch — Xiva — Xonqa — Qizilqum — Xayrobod — Buxoro yoʻnalishi bilan manzilga yetib kelishgan. Elchilarni Imomqulixon yaxshi kutib olgan. Saroydagi 23 rus askari ozod qilingan, qolgan asirlar esa turli sabablarga koʻra ozod etilmagan. I.D.Xoxlovning hisobotida xonlikning ichki va xalqaro ahvoli, Buxoro xonligidagi ijtimoiyiqtisodiy (soliqlar, shahar, qishloqlardagi ahvol), siyosiy vaziyat, shuningdek, etnografik xarakterdagi maʼlumotlar toʻplangan.


Download 29,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish