Ignatyev missiyasi — rus podshosi tomonidan Xiva xonligi va Buxoro amirligi bilan siyosiy hamda savdo munosabatlari oʻrnatish bahonasida, aslida josuslik maqsadida polkovnik N. P. Ignatyev boshchiligida yuborilgan elchilar missiyasi (1858). Ignatyev missiyasi 1858-yilning mayida 50 kishilik qoʻriqchi otryad bilan Orenburgdan chiqib, Amudaryo yoqalab, iyul oyida Xivaga keladi va xon hukumati bilan savdo shartnomasi tuzadi. Soʻngra Buxoroga kelib imtiyozli savdo shartnomasi tuzishga, zindonda yotgan rus fuqaro va asirlarni ozod etishga erishadi. Ignatyev missiyasi toʻplagan maʼlumotlar Turkistonning Rossiya tomonidan istilo etilishida muhim rol oʻynagan
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Rossiya va Buxoro xonligi oʻrtasidagi aloqalar asosan XVI asr oʻrtalarida o‘rnatilgan. 1555-yilda Moskva savdo kompaniyasi tashkil etilgan.Dastlab Abdullaxon II tomonidan 1557-1558yillarda elchilar yuborgan.Bunga javoban ruslar Antoni Jenkinsonni yuboradi.Bu elchilik aloqalari natijasida savdo va diplomatik aloqalar oʻrnatilgan.Keyinchalik Pyotr I davrida Rossiya imperiyasi oʻrta Osiyo xonliklarini bosib olishga harakat qiladi.Xiva xonligiga Bekovich Cherkasskiy boshchiligida harbiy missiya yuboradi.Bu missiya barbod boʻlsa ham xonliklar Rossiya bilan ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majbur boʻladi.Bu missiyaning barbod boʻlishi Rossiyani ham sergaklantirib bunchalik oson Oʻrya Osiyo xonliklarini bosib olib boʻlmasligini tushunib yetadi va endi boshqacha harakat qila boshlaydi. Endi Rossiya imperiyasi turli elchilar savdogarlar niqobida josuslarni yuborib xonliklar haqida maʼlumot toʻplaydi.Borgan sari Rossiya va xonliklar oʻrtasidagi shartnomalarda tengsizlik kuchayib boradi. Tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmas edi. Masalan Rossiyaga Buxoro amirligidan olib kelinadigan mahsulotlarga savdo boji shartnoma boʻyicha 5%dan oshmasligi kerak edi lekin boj undan ortiq olinadi.Borib borib Rossiya imperiyasi elchilarini Oʻrta Osiyo xonliklariga yubormay qoʻyadi.1858-yilgi Ignatyev elchiligidan keyin boshqa elchi yubormay qoʻydi.
2.Buxoro xonligi va Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar
O’rta Osiyo va Hindiston xalqlari o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalar o’zining ko’p asrlik tarixiga ega.Tarixiy ma’lumotlar bu munosabatlarning temuriylar davridan boshlab rasmiy va muntazam tus olganligidan dalolat beradi.
Hindiston bilan Buxoro xonligi oʻrtasidagi diplomatik aloqalar Abdullaxon II davrida yuksalgan.
1572-yilda Akbarshox huzuriga ilk Buxorolik elchi Xoʻja Oltimish yuboriladi.U oʻzi bilan Abdullaxon IIo oʻzaro hamkorlik va doʻstlik haqidagi maktubini olib keladi. Abdullaxon II keyingi vakili Abdurahmon elchi nafaqat doʻstlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash balki tegishli joyda siyosiy va harbiy ishlarni amalga oshirish hamda Eronni oʻzaro boʻlib olishni soʻraydi. Akbarshox javob tariqasida oʻzining elchisi Mirza Fuladni yuboradi. Abdullaxon II tomonidan Hindistonga yuborilayotgan Mir Quraysh elchilik missiyasi zimmasiga Badaxshonni egallanishi hamda Xurosonning Shayboniylar tarkibiga kiritish bilan bogʻliq masalalarga izoh berish vazifasi yuklatilgan.1586-yili Akbarshox tomonidan yuborilgan Hakim Humom Sadr Jahon boshchiligidagi elchilar,1590-yili Buxorodan Hindistonga yuborilgan Mavlono Husayn boshchiligidagi elchilar oʻzaro savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga hizmat qilgan.
Ashtarxoniylar davrida ham Hindiston bilan diplomatik aloqalar olib borilgan.Masalan Imomqulixon Boburiy podshoh Jahongir bilan aloqalar mustahkamlangan. 1625-yili Hindiston elchisi Mir Barakani vataniga kuzatish vazifasi yangi xon elchisi sifatida tayinlangan Hoji Abdulrahim zimmasiga yuklanadi. Jo‘ybor shayxlaridan boʻlgan Hoji Abdulrahim Hindiston podshohi Jahongirshohga ко‘plab noyob va qimmatbaho sovg‘a-salomlar taqdim etadi. Sovg‘a-salomlar ichida qiymati bir viloyat xirojiga teng boigan qimmatbaho lai toshi ayniqsa ajralib turar edi. Hindistonga elchi sifatida yuborilgan Hoji Abdulrahim Jahongirshohga Xurosonni Buxoro xonligi va Hindiston o‘rtasida boiib olish rejasini ham taqdim etadi. Jahongirshohning vafoti (1627-yil) Buxoro xonligi bilan o4zaro munosabatlaming birmuncha vaqt uzilib qolishiga sabab boiadi.
Xulosa
Hindiston va Buxoro xonligi oʻrtasidagi aloqalar Temuriylar davrida oʻrnatilgan boʻlsa Shayboniylardan Koʻchkunchixon va Bobur davrida rivojlangan.Koʻchkunchixon Buxoro xonligidan Hindistonga Buxoro qovunlaridan zotdor otlaridan va boshqa qimmatbaho sovgʻa salomlar yuboradi. Keyinchalik bu aloqalar Abdullaxon II va Akbarshox davrida ham rivojlangan .Bu ikki hukmdor davrida ham oʻzaro elchilik aloqalari boʻlib turgan. Bu elchilik aloqalaridan maqsad faqat savdo sotiq emas siyosiy maqsadlar ham boʻlgan. Bu Eron masalasi edi. Abdullaxon II Eron bilan kurashda Hindistonga suyanmoqchi edi vaAkbarshohga Eronni boʻlib olishni soʻradi. Lekin Akbarshox bunga rozi bolmadi. Keyinchalik Nodir Muhammad va Shohjahon oʻrtasida ham oʻzaro hamkorlik boʻlgan. Nodir Muhammad taxtdan agʻdarilganda Shohjahondan yordam soʻraydi. Bundan tashqari boshqa hukmdorlar davrida ham oʻzaro aloqada toʻxtamagan
3.Buxoro xonligi va inglizlar oʻrtasidagi munosabatlar
XIX asr oxiri birinchi yarmiga kelib 0‘rta Oslyo masalasida ingliz-rus raqobati kuchayib ketadi. Mustamlakalami kengaytirish, yangi xomashyo va mahsulotlar bozoriga ega bo'lish, Sharqdn ta’sirini yanada kuchaytirish bu... asosiy omillar rocyxatini tashkil etadl Hindistonda muqim o'rnashib olgan Buyuk Britaniya o‘zbek xonliklarida o‘z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini kuchaytirish maqsadida qator екм peditsiyalar tashkil eta boshladi. 1825-yili mazkur ekspeditsiyalardan biriga U.Murkford boshchilik qilgan. U 1825-yil fevralda 70 ta kishisi bilan Buxoroga 80 ta sandiqda turli mollar olib kelib, oczini savdogar ahli deya tanishtiradi. U Buxoro qocshbegisi bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ladi. Amirlikda Angliyaga xayrixoh guruhni shakllantirishga harakat qiladi. Bunga javoban Rossiya hukumati Amir Haydarga inglizlar harakatidan noroziligini bildiradi. 1826-yili Rossiya hukumati polkovnik F.Berg boshchiligidagi ekspeditsiyani Ustyurt tomonga jo4natib, xonliklarga boradigan yo4llami yaxshilab o'rganish vazifasini yuklaldi. Inglizlaming leytenant A.Beris boshchiligidagi ikkinchi ekspeditsiyani 1832-yili Buxoroga kirib keldi. 0 4zini arman savdogari deb tanishtirgan A.Beris hind va afg4on savdogarlariga tayanib, qo4shbegi bilan aloqa bogflaydi. AJBeris amirlik xususida ko4plab qimmatli'rtia’lumollai yig'adi. Hind savdogarlariga qarz berilib, ular ingliz mollari bilan ta’minlangan holda amirlikka .... boshladilar. Ulamirfg mollari rus mollariga nisbatan ancha arzon bo4lgan. A.Beris ekspeditsiyasi ingliz savdosining Buxoro amirligida ildiz otishiga sabab bo'ldi. 1839-yili ingliz-afg4on urushi boshlanishi bois Angliyaning Rossiya bilan munosabatlari yanada keskinlashdi. Hirotda josuslik mahkarmisini pchgan ingliz razvedkasi o4z ayg'oqchilarini Buxoroga va qo'shni xonliklarga yo4llay boshlaydi. Ulardan Jeyms Abbot, Stoddat, Konolli va boshqalar amirlikka jo4natiladi. Ta’kidlash joizki, keyinchalik qo4lgn olingan Stoddat va Konollilar Amir Nasrullo tomonidan qatl etiladi.
Xulosa
Inglizlar va ruslar manfaatlari Oʻrta Osiyo xonliklari hududida toʻqnashadi.Rossiya oʻrta Osiyo xonliklarini egallab shu orqali inglizlar tasarrufida boʻlgan Hindistonga xavfsolib turish vashu orqali xalqaro masalalarda Rossiyaga yon berishga harakat qilish edi.Inglizlar esa bunga qarshi chiqib Afgʻonistonni egalladhga bir necha bor harakat qiladi. Lekin uddasidan chiqa olmagach Rossiya imperiyasi va Angliya oʻryasida shartnoma tuzilib unga koʻra Rossiya Afgʻonistonni bosib olishga harakat qilmaydi Angliya esa Oʻrta Osiyoga aralashmaslikka kelishib oladi.
4.Foydalanilgan adabiyotlar
Oʻzbekiston tarixi davlat va jamiyat taraqqiyoti A.Sagdullayev Toshkent 2000
OʻZBEKISTON tarixi II kitob Eshov Odilov Toshkent 2020
Turkistonga Rossiya tajovuzi va unga qarshi kurash H.Ziyoyev Toshkent 1998
Sibir Volga va Ural boʻyidagi oʻzbeklar H.Ziyoyev Toshkent 2003