Amerika Forbes ro‘yxatiga kiritilgan birinchi NBA o‘yinchisi – Lebron Jeyms.
Basketbolchi Lebron Jeyms milliarderga aylandi. U Amerika Forbes ro‘yxatiga kiritilgan birinchi NBA o‘yinchisi. Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Jeyms 121 million dollardan ko‘proq daromad olgan, ammo bu dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar reytingida birinchi o’rinni egallash uchun yetarli emas edi.
Amerikalik Forbes basketbolchi Lebron Jeymsni milliarder deb tan oldi. Forbes USA ma’lumotlariga ko‘ra, Lebron 2021 yilda jami 121,2 million dollar ishlab topgan va uning umumiy boyligi 1 milliard dollarga baholangan, deb yozadi jurnal.
37 yoshli Lebron Jeyms 4 karra NBA chempioni va ikki karra Olimpiada chempioni. Lebron milliarderlar ro‘yxatiga kirgan birinchi NBA o‘yinchisi bo‘ldi. 2014 yilda Forbes basketbolchi Maykl Jordanni milliarder deb tan olgandi, ammo bu vaqtga kelib u 11 yillik sport karerasini yakunlagan edi.
2014-yilda GQ nashriga bergan intervyusida Lebron Jeyms milliarder bo‘lish uning asosiy maqsadlaridan biri ekanligini aytib: “Shubhasiz, men biznesimni maksimal darajada oshirishni xohlayman. Va agar men bunga erishsam (Forbesda milliarderlar ro‘yhatini mazarda tutib), agar men milliarder sportchiga aylansam juda xursand va baxtli bo‘laman ", deydi sportchi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Lebron Klivlend Kavalers, Mayami Xit va Los-Anjeles Leykers jamoalaridan birgalikda 385 million dollardan ko‘proq maosh olgan. Saytdan tashqarida u reklama va biznesdan 900 million dollarga yaqin daromad olgan. 2022-yilda Forbes USA Lebronni dunyoning ikkinchi eng koʻp maosh oluvchi sportchisi deb eʼtirof etdi, uni faqat 130 million dollar ishlab topgan futbolchi Lionel Messidan ortda qoldirdi, aslida fudbol maydonidan tashqarida uning daromadi Lebronnikidan 25 million dollar kam, lekin fudbolchining maoshi 33,8million dollarga koʻp.
Jeyms nafaqat reklama shartnomalarida g‘alaba qozonadi, balki ko‘pincha reklama qilingan brendlarning hammuallifiga aylanadi: masalan, u tez o‘sib borayotgan Blaze Pizza tez ovqatlanish tarmog‘iga sarmoya kiritdi va Tonal jismoniy mashqlar uskunalari ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, Lyft taksi agregatorining ulushini sotib oldi. Shu sababli uning daromadi milliarderlar ro‘yxatiga kirish uchun yetarli bo‘ldi.
Ma’lumot uchun "Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronaldu Amerikaning Forbes reytingida dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar uchligiga kirdi: uning daromadi 115 million dollarga baholangan, bu bir yil avvalgidan 5 million dollarga kam. Avvalgi reytingning yetakchisi, aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor bir yilda 43 million dollar ishlab topib, darhol ro‘yxatda 35-o‘ringa tushib ketdi.Umumiy hisobda, eng ko‘p maosh oluvchi 50 nafar sportchi 2,97 milliard dollar ishlab, o‘tgan yilgi rekordini (2,76 milliard dollar) yangiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |