qolsa, bas, ularni yaxshilik bilan olib qoling yoki yaxshilik bilan kuzating.
Ularga zulm qilish bilan zarar yetkazish uchun ushlab turmangiz. Kim shunday
qilsa, o‘ziga zulm qilibdi.
I z o h .
Ma’lumki, taloq qilingan ayol iddasi bitishi bilan boshqa erga tegishga haqqi bor.
Shuning uchun xotinlarini taloq qilgan erkaklar ularning iddalari bitmay turib yana
qaytadan nikohlariga olishlari mumkin. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor.
Ayrim kishilar xotinlari bilan birga yashash uchun qayta nikohlariga olsalar, ba’zi bir
kimsalar ularni boshqa turmush qurishidan to‘sish uchun nikohlariga oladilar va shu yo‘l
bilan xotinlarini taloq olish uchun evaz to‘lashga majbur qiladilar. Mazkur oyat bunday
kimsalarni o‘zlariga zulm qiluvchilar, deb ataydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |