etib, so‘ngra (uni) to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ygan zotdir».
51. (Fir’avn) dedi: «U holda avvalgi avlodlarning holi nedir? (Ya’ni
Parvardigoring ularni ham azoblaganmi?)»
52. (Muso) aytdi: «Ular haqidagi bilim Parvardigorim huzuridagi Kitobda —
Lavhul-Mahfuzdadir. Parvardigorim adashmas va unutmas».
53. U zot yerni sizlar uchun beshik — qarorgoh qilib qo‘ydi va unda yo‘llar
paydo qildi hamda osmondan suv (yomg‘ir-qor) yog‘dirdi. Bas, Biz u (suv)
yordamida turli nabotot navlarini undirib chikardik.
54. Sizlar (ulardan) yenglar, chorvalaringni boqinglar. Albatta bunda aql
egalari uchun oyat-ibratlar bordir.
55. Biz sizlarni (erdan) yaratdik, yana unga kaytarurmiz va (qiyomat kunida)
Do'stlaringiz bilan baham: |