84. U aytdi: «Ular ana – izimdan kelurlar. Men esa Sen rozi bo‘lishing uchun
shoshdim, Parvardigorim!»
85. (Alloh) dedi: «Haqiqatan Biz sening ortingdan qavmingni fitnaga soldik —
imtihon qildik. — Somiriy ularni yo‘ldan ozdirdi».
86. Bas, Muso qavmiga g‘azablangan va g‘amga botgan holda qaytib kelib,
dedi: «Ey qavmim, Parvardigoringiz sizlarga (Tavrot nozil etish haqida) chiroyli
va’da qilmaganmidi?! Sizlarga (o‘tgan) vaqt uzun (ko‘rinib) ketdimi yoki
ustingizga Parvardigoringiz tomonidan g‘azab tushishini istab menga bergan
va’dani buzdinglarmi?!
I z o h .
Muso Tur tog‘iga ketarkan, Bani Isroil qavmi unga Allohdan o‘zga hech kimga
sig‘inmaslikka so‘z bergan edilar. Keyin esa, Somiriy yasagan buzoqqa sig‘inish bilan
va’dalarini buzadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |