87. Ular aytdilar: «Bizlar senga bergan va’dani o‘z inon-ixtiyorimiz bilan
buzganimiz yo‘q. Lekin bizlar (Misrdan chiqib kelayotganimizda Fir’avn)
qavmining zeb-ziynatlaridan iborat narsalarni ko‘tarib chiqqan edik, bas
(Somiriyning amri bilan) ularni (olovga) tashladik. So‘ng Somiriy ham (o‘zi
ko‘tarib chiqqan narsalarni olovga) tashladi.
88. So‘ng (Somiriy o‘sha zeb-ziynatlarni olovda eritib, xuddi tirik buzoq kabi)
ovozi bor haykal-buzoq (yasab) chiqarib berdi, so‘ng (Somiriy va uning
sheriklari); «Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi, (Muso) unutib, (uni
boshqa yerdan izlagani ketibdi»), dedilar.
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
274
Do'stlaringiz bilan baham: |