sizlarni yana bir bor undan chiqarurmiz.
56. Darhaqiqat Biz unga (ya’ni Fir’avnga) bor oyat-mo‘‘jizalarimizni ko‘rsatdik.
Bas, u (ularni) yolg‘on deb, yuz o‘girdi.
57. U dedi: «Sen o‘z sehring bilan bizlarni yerimizdan chiqarish uchun
keldingmi, ey Muso!
58. U holda bizlar ham senga xuddi o‘shanday sehr keltirurmiz. Bas, sen o‘zing
bilan bizlarning o‘rtamizda bir va’dagoh tanlaginki, u sen ham, bizlar ham
qarshilik qilmaydigan o‘rta bir joy bo‘lsin».
59. (Muso) aytdi: «Va’da bayram kuni (to‘planadigan joy)dir. Odamlar
choshgohda to‘planurlar».
60. Bas Fir’avn borib, o‘zining makr-nayrangini (ya’ni sehrgarlarini) yig‘di.
So‘ngra (va’da qilingan joyga) keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |