1-2-3. (Barcha) hamdu sano Alloh uchundir. U zot (kofirlarni) O’z huzuridan
keladigan qattiq azobdan qo‘rqitish va yaxshi amallar qiladigan mo‘minlarga
o‘zlari abadiy qoladigan go‘zal mukofot — jannat xushxabarini berish uchun —
bandasi (Muhammad alayhis-salom)ga biron egriligi bo‘lmagan raso Kitob –
Qur’onni nozil qilgandir.
4-5. Shuningdek, U zot o‘zlarining ham, ota-bobolarining ham biron bilim-
ma’rifati bo‘lmaga holda, «Allohning bolasi bor», degan kimsalarni (qattiq
azobdan) ogohlantirish uchun (ushbu Kitobni) nozil qilgandir. Ularning
og‘izlaridan chiqqan so‘z og‘ir so‘zdir. Ular faqat yolg‘on so‘zlaydilar.
6. (Ey Muhammad), agar ular ushbu so‘zga – Qur’onga iymon keltirmasalar,
ehtimol siz ularning ortidan, afsus-nadomat bilan o‘zingizni halok qilursiz
Do'stlaringiz bilan baham: |