olurmiz», deyishdi.
22. Hali ular (ya’ni, payg‘ambar alayhis-salomga zamondosh bo‘lgan yahudiy
va nasorolarning ayrimlari o‘sha Ashobul-Kahfni): «Uchtadir, to‘rtinchilari
itlaridir», desalar, ayrimlari: «Ular beshta bo‘lib, oltinchilari itlaridir», deb
g‘aybga tosh oturlar (aniq bilmagan narsalari haqida gap soturlar). Yana: «Ular
yettitadirlar, sakkizinchilari itlaridir», ham deydilar. (Ey Muhammad),
«Ularning sanoqlarini eng yaxshi biladigan zot Parvardigorimdir. Ularni juda oz
kishi bilur», deng. Bas, ular (ya’ni zamondosh ahli kitoblar bilan Ashobul-Kahf)
xususida (o‘zingizga nozil bo‘lgan vahiy vositasida) ochiq mujodala —
munozara qiling va (Ashobul-Kahf) haqida ularning birontasidan fatvo - savol
so‘ramang!
Do'stlaringiz bilan baham: |