va sizlarning ishlaringizni o‘nglar».
17. Quyosh chiqishda ularning g‘orlaridan o‘ng tarafdan o‘tib ketganini,
botishda esa ulardan so‘l tomonga yiroqlashib ketganini (chiqishda ham,
botishda ham ularni qizdirib, uyqu-oromlarini buzmaganini), ular esa
(g‘or)ning to‘rida ekanliklarini ko‘rursan. Bu ham Allohning oyat-
mo‘‘jizalaridan (biridir). Kimni Alloh hidoyat qilsa, bas, o‘shagina hidoyat
topguvchidir. Kimni yo‘ldan ozdirsa, bas, uning uchun to‘g‘ri yo‘lga yo‘llaguvchi
biron do‘st topa olmassan.
18. Uyquda ekanlar, (ko‘zlari ochiq bo‘lgani uchun) sen ularni uyg‘oq, deb
o‘ylarsan. Biz ularni (badanlaridan yerga tegib turgan tomoni chirib ketmasligi
uchun) o‘ng tomon, so‘l tomonga aylantirib tururmiz. Ularning itlari esa oldi
Do'stlaringiz bilan baham: |