197. Haj (mavsumi) ma’lum oylardir. (Ya’ni Shavvol, Zulqa’ja va Zulhijja
oyining o‘n kuni). Bas, kim shu oylarda o‘ziga hajni farz qilsa (haj qilishni niyat
qilsa), haj davomida (juftiga) yaqinlashmaydi, gunoh ishlar, janjal-suron
qilmaydi. Qanday yaxshi amal qilsangiz, albatta Alloh biladi. Va (haj qilish
uchun yo‘lga tushishdan avval zarur ozuqa bilan) ta’minlanib oling! Eng yaxshi
ozuqa (ya’ni o‘zingiz bilan birga bo‘lishi lozim bo‘lgan eng yaxshi narsa)
Allohdan qo‘rqishdir. Mendan qo‘rqingiz, ey ahli donishlar!
198. (Haj safarida tijorat qilish bilan) Parvardigoringizdan fazlu karam
istashingizdan sizlar uchun hech qanday gunoh yo‘qdir. Endi Arafotdan (Makka
yaqinidagi tog‘) tushganingizdan keyin Mash’ar-ul-haromda Allohni zikr qiling!
U zot sizlarni — garchi ilgari adashganlardan bo‘lgan esangiz-da — haq yo‘lga
Do'stlaringiz bilan baham: |