Qur’oni karim.
Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
shunday bo‘ladi.
192. Endi agar to‘xtasalar (kufrdan kechib, Islomga kirsalar), bas, albatta Alloh
kechirguvchi rahmlidir.
193. To fitna tugab, butun din Alloh uchun bo‘lgunga qadar ular bilan
urushingiz! Endi agar to‘xtasalar, u holda sizlar ham to‘xtangiz! Zero, faqat
zolimlarga qarshi dushmanlik qilish mumkin.
194. Urush harom qilingan oy urush harom qilingan oy muqobilida bo‘ladi.
I z o h .
Urush harom qilingan oyda kofirlar sizlarga qarshi urushar ekanlar, sizlar ham
bu oyda ularga qarshi urushishingiz mumkin. Aslida «shahri harom» — urush harom
qilingan oyda hech qanday urush-janjal bo‘lmasligi lozim. Ammo, modomiki qarshi taraf
bu qoidaga rioya qilmas ekan, demak, sizlar ham rioya qilishingiz shart emas, chunki:
Do'stlaringiz bilan baham: