1. Ey mo‘minlar, aqdlarga (o‘zaro kelishgan bitimlarga) vafo qilingiz! Sizlar
uchun — ihromda turib ov ovlashni halol qilib olmagan holingizda — (quyidagi
oyatlarda haromligi) tilovat qilinadigan narsalardan boshqa chorva hayvonlari
halol qilindi. Albatta, Alloh O’zi istagandek hukm qilur.
I z o h.
Bu oyatni shunday tushunmoq lozim. Mo‘minlar uchun shu suraning uchinchi
oyatida tilovat qilinadigan harom o‘lgan hayvon, qon, to‘ng‘iz go‘shti va boshqa
narsalardan tashqari tuya, mol, qo‘y kabi chorva hayvonlarini so‘yib iste’mol etish halol
etilgandir. Lekin haj ibodatini ado qilish niyatida ihrom bog‘lagan — ya’ni maxsus libos
kiygan kishi uchun har qanday jonivorni ovlash yoki so‘yish haromdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |