2. Ey mo‘minlar, Alloh buyurgan udumlarni buzishni, urush harom qilingan
oyda jang qilishni, Alloh yo‘lida hadya etilgan hayvonlarni o‘ldirishni va ularga
osib qo‘yilgan hadyalik belgilarini uzib tashlashni hamda Parvardigorlaridan
fazlu marhamat va rizolik tilab Baytul-haromni (Ka’bani) maqsad qilib
ketayotgan kishilarga qarshi (jang qilishni) halol qilib olmangiz! (Ihromdan
chiqib) halol bo‘lgach ov qilaveringiz. (Sizlarni Ka’badan to‘sganlari sababli)
biron qavmni yomon ko‘rishingiz haddingizdan oshishingizga tortmasin!
Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida
hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! Shubhasiz, Allohning azobi qattiqdir.
3. Sizlarga o‘laksa, qon, to‘ng‘iz go‘shti, Allohdan boshqa birovning yo‘lida
so‘yilgan narsa, bo‘g‘ilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, baland joydan qulab o‘lgan,
(boshqa biron hayvon bilan) suzishib o‘lgan va yirtqich hayvon tishlab o‘ldirgan
Do'stlaringiz bilan baham: |