qilib qo‘ydik. Ular (Tavrotdagi Muhammad alayhis-salomning payg‘ambar
bo‘lishlari haqidagi) so‘zlarini o‘z o‘rinlaridan o‘zgartiradilar, o‘zlariga eslatma
qilib berilgan narsalardan esa (ko‘p) hissasini unutib yuborganlar. (Ey
Muhammad), siz mudom ular tarafidan qilingan biron xiyonat ustidan chiqasiz.
Magar ulardan (Islomni qabul qilgan) ozchilik kishilargina xiyonat qilmaydilar,
xolos. Bas, ularni afv etib, kechirib yuboravering. Albatta, Alloh yaxshilik
qilguvchilarni sevadi.
14. «Bizlar nasroniylarmiz», degan kimsalardan ham ahd-paymonlarini oldik.
So‘ng o‘zlariga eslatma qilib berilgan narsalardan (ko‘p) hissasini unutdilar.
Bas, ularning o‘rtalarida to qiyomat kunigacha bug‘zu adovatni avj oldirdik.
Yaqinda Alloh ularga qilib o‘tgan «hunar»larining xabarini berajak.
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
86
Do'stlaringiz bilan baham: |