etsa. Zotan, Alloh afv etguvchi, mag‘firat qilguvchi bo‘lgan zotdir.
100. Kim Alloh yo‘lida hijrat qilsa, yer yuzida ko‘p panoh bo‘lgudek joylarni va
kengchilikni topgay. Kim uyidan Alloh va Uning payg‘ambari sari muhojir bo‘lib
chiqib, so‘ng (shu yo‘lda) unga o‘lim yetsa, muhaqqaqki uning ajri — mukofoti
Allohning zimmasiga tushar. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir.
101. Safar qilib boshqa yerlarga borganingizda agar kofirlar fitnasidan
qo‘rqsangiz, namozingizni qasr (qisqa) qilib o‘qishingizning gunohi yo‘qdir.
Chunki kofirlar sizlarga ochiq dushman bo‘lgan kimsalardir.
I z o h .
«Qasr» namoz deb to‘rt rakaatli farz namozlarni ikki rakaat qilib qisqartirib
o‘qishni aytiladi. Qasr namoz o‘qish uchun piyoda yurilsa kamida uch kechayu uch
kunduzda bosib o‘tish mumkin bo‘lgan masofani niyat qilib safarga chiqqan bo‘lish
kerak. Bu masofani ulamolar 80-100 chaqirim deb belgilaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |