(kecha va kunduz farishtalari) hozir bo‘ladigan namozdir.
I z o h.
Barcha mufassirlar ushbu oyatni har kuni besh vaqt namoz farz ekanligiga hujjat
deb qabul qilganlar.Chunki quyosh og‘ishi bilan «peshin» namozi o‘qiladi. Kishining
soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lgach esa «asr» vaqti kiradi. Kun botishi bilan «shom»
bo‘lsa, kecha qorong‘usi tushishi bilan «xufton» vaqti kirgan bo‘ladi. Tun tugab, tong
boshlangach, (hali quyosh chiqmasdan turib) «bomdod» o‘qish farz bo‘ladi.
79. Kechaning (bir qismida) uyg‘onib o‘zingiz uchun nafl (ibodat) bo‘lgan
namozni o‘qing! Shoyadki, Parvardigoringiz sizni (Qiyomat kunida) maqtovli
(ya’ni, gunohkor ummatlaringizni shafoat qilib oqlaydigan) maqomda tiriltirur.
80. Va ayting: «Parvardigorim, meni (qabrimga) haqqi-rost (ya’ni, gunoxlardan
Do'stlaringiz bilan baham: |