70. Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini aziz-mukarram qildik va ularni barru-
bahrda — quruqlik va dengizda (ot-ulov va kemalarga) chiqarib qo‘ydik hamda
ularga halol-pok narsalardan rizqu ro‘z berdik va ularni O’zimiz yaratgan juda
ko‘p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo‘ydik.
71. Biz har bir odamni o‘z nomai a’moli bilan chorlaydigan (Qiyomat) kunini
eslangiz! Bas, kimgaki o‘z kitobi — nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilsa, ana o‘sha
kishilar o‘zlariga qilchalik zulm qilinmagan holida, nomai a’mollarini o‘qurlar
(ya’ni, unda bu dunyoda qilib o‘tgan barcha yaxshi amallarining savobi bitilgan
bo‘lur).
72. Kimki, bu dunyoda ko‘r-gumroh ekan, bas, u oxiratda ham ko‘r va butunlay
yo‘ldan ozguvchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |