otliq va piyoda (lashkaringni) tort, topgan mol-davlat va bola-chaqalarida
ularga sherik bo‘l (ya’ni, ularni haromdan mol-dunyo va bola-chaqa orttirishga
unda), ularga (yolg‘on) va’dalar qil». Darhaqiqat, shayton ularga faqat aldov-
yolg‘on narsalarnigina va’da qilur.
65. «Mening (iymon-e’tiqodli) bandalarim ustiga esa sen uchun hech qanday
saltanat-hukmronlik bo‘lmas. Parvardigoringning O’zi yetarli qo‘riqlovchidir».
66. (Ey insonlar), Parvardigoringiz Uning fazlu marhamatidan (rizqu ro‘z)
izlanglar, deb sizlar uchun dengizda kemalarni yurgizib qo‘ygan zotdir.
Darhaqiqat, U sizlarga mehribondir.
67. Qachon dengizda sizlarga biron musibat yetsa, sizlar iltijo qiladigan butlar
g‘oyib bo‘lur, faqat Uning O’zigina qolur. Endi qachonqi, U zot sizlarga najot
Do'stlaringiz bilan baham: |