osmonlar va Yerning Parvardigorigina nozil qilganini aniq bilursan. Hech
shubha yo‘qki, ey Fir’avn, men seni halok qilinguvchi, deb o‘ylamoqdaman».
103. Shunda, (Fir’avn Muso va uning qavmini) quvib chiqarmoqchi bo‘lganida,
Biz uni (Fir’avnni) va u bilan birga bo‘lgan kimsalarning barchalarini
(dengizga) g‘arq qildik.
104. (Fir’avndan) so‘ng, Bani Isroilga: «Mana shu yerni (Misrni) maskan
tutinglar. Endi qachon va’da qilingan oxirat kelganida sizlarning barchangizni
(qayta tiriltirib) keltirurmiz», dedik.
105. Biz (Qur’onni) haqqi-rost nozil qildik va u haq (hukm-farmonlarimiz) bilan
nozil bo‘ldi. (Ey Muhammad), Biz sizni faqat (mo‘minlarga) xushxabar
eltguvchi va (kofirlarni do‘zax azobidan) ogohlantirguvchi qilib yubordik.
Do'stlaringiz bilan baham: |