Qur’oni karim.
Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
246
(tugatib qo‘yishdan) qo‘rqib, mumsiklik-baxillik qilgan bo‘lur edingizlar».
(Chunki) inson zoti xasis bo‘lur.
101. Aniqki, Biz Musoga to‘qqiz ochiq oyat-mo‘‘jiza ato etdik. So‘ng u (Fir’avn
va uning odamlarining oldiga) kelgan paytida, (unga): «Bani Isroilni (o‘z
yurtlari Shomga qo‘yib yuborilishini, Fir’avndan) so‘ragin», (deb amr etdik).
Shunda Fir’avn unga: «Ey Muso, hech shubha yo‘qki, men seni sehr-joduga
chalingan, deb o‘ylamoqdaman», dedi.
102. (Muso) dedi: «(Ey Fir’avn), sen anavi ochiq-ravshan (mo‘‘jizalarni) faqat
Do'stlaringiz bilan baham: