106. Siz Qur’onni odamlarga asta-sekin o‘qib berishingiz uchun Biz uni
bo‘laklarga bo‘ldik va bo‘lib-bo‘lib nozil qildik.
107. Ayting: «Ey mushriklar), sizlar (xoxlasangiz), Unga ishoninglar,
(xohlasangiz) ishonmanglar. Zotan, (Qur’on nozil bo‘lishidan) ilgari ilm (ya’ni,
Tavrot) berilgan kishilar (Qur’on) tilovat qilingan vaqtida sajda qilgan hollarida
yuzlari bilan yiqilurlar.
I z o h .
Ushbu oyat sajda oyati bo‘lib, uni o‘qigan kishi Alloh uchun bir marta sajda
qilishi vojib bo‘ladi.
108. Va ular: «Ey Pok Parvardigor! Albatta Parvardigorimizning («Men so‘nggi
payg‘ambarimni yuborurman va unga Qur’on nozil qilurman», degan) va’dasi
ado qilinguvchi va’dadir», deydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |