qilishdan) yuz o‘girib, chetga burilib ketur. Qachon unga (xastalik,
kambag‘allik kabi) biror yomonlik yetsa, noumid bo‘lur.
84. Ayting: Har kim o‘z holicha amal qilur. Parvardigoringiz to‘g‘ri yo‘ldagi
zotlarni juda yaxshi bilur (va har kimga qilgan ish-amaliga muvofiq jazo-
mukofot berur).
85. (Ey Muhammad), sizdan ruh-jon haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh yolg‘iz
Parvardigorim biladigan ishlardandir». Sizlarga juda oz ilm berilgandir.
I z o h.
Ushbu oyatda Tangri taoloning hatto O’z payg‘ambarlariga ham ma’lum
qilmagan ishlari borligi bayon etilib, barcha insoniyat bilishi mumkin bo‘lgan bilim-
ma’rifat juda oz narsa ekani ta’kidlanadi.
86. Qasamki, agar xohlasak, so‘zsiz, sizga vahiy qilgan narsa — Qur’onni
Do'stlaringiz bilan baham: |