44. (Biz avvalgi payg‘ambarlarni) ochiq hujjatlar va kitoblar bilan
(yuborganmiz). Sizga esa odamlarga nozil qilgan narsalarni (ya’ni, shariat
ahkomlarini) bayon qilib berishingiz uchun va shoyad tafakkur qilsalar, deb bu
eslatmani — Qur’onni nozil qildik.
45. (Muhammad alayhis-salomni qatl etish uchun) eng yomon makru hiylalarni
qilgan kimsalar o‘zlarini yer yutishidan yoki (ularga) sezmagan-kutmagan
taraflaridan (Allohning) azobi kelib qolishidan xotirjam bo‘ldilarmi?!
46. Yoki safar-sayohatlarda yurgan chog‘larida ularni (balo-ofatlar) ushlab,
hech qayoqqa qochib qutulolmay qolishlaridan (qo‘rqmadilarmi)?
47. Yoki (qilgan makr-hiylalarining oqibatidan o‘zlari) qo‘rqib-pusib yurgan
paytlarida, ularni (Allohning balosi) ushlab qolishidan (qo‘rqmadilarmi)?!
Do'stlaringiz bilan baham: |