Darhaqiqat, Parvardigoringiz mehribon va rahmlidir.
48. Axir ular Alloh yaratgan barcha narsalarning soyalari o‘ngu so‘llariga,
Allohga sajda qilgan holda egilayotganini - ular (barchasi Allohga)
bo‘yinsunuvchi ekanliklarini ko‘rmadilarmi?!
49. Osmonlar va yerdagi barcha jonivorlar va farishtalar ham kibr-havo
qilmagan hollarida yolg‘iz Allohga sajda qilurlar.
I z o h .
Yuqoridagi ikki oyat sajda oyatlaridir. Bu Qur’ondagi sajda oyatlarining A’rof
surasidagi 205-oyat va Ra’d surasidagi 15-oyatlaridan keyingi uchinchisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |