50. Ular ustilaridagi (ularni kuzatib turgan) Parvardigorlaridan qo‘rqurlar va
faqat o‘zlariga amr etilgan ishlarnigina qilurlar.
51. Alloh: «Ikki xudoga bandalik qilmanglar! Faqat birgina iloh bordir, xolos.
Bas, Mendangina qo‘rqingiz!» dedi.
52. Osmonlardagi va yerdagi barcha narsalar Uning mulkidir. Toat-ibodat
mudom yolg‘iz Unga (bo‘lmog‘i lozimdir). Allohdan o‘zgalardan (ya’ni, jonsiz
butlardan yoki o‘zlaringizga o‘xshagan odamlardan) qo‘rqurmisizlar?!
53. Sizlarga berilgan barcha noz-ne’matlar yolg‘iz Allohdandir. Shuningdek,
qachon sizlarga (biron) balo-musibat yetsa ham faqat Ungagina iltijo
qilursizlar.
54-55. So‘ng, U zot sizlardan baloni aritganida esa, banogoh sizlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |