35. Mushrik bo‘lgan kimsalar: «Agar Alloh xohlaganida, biz (ham), ota-
bobolarimiz (ham) undan o‘zga biron narsaga ibodat qilmagan, va Uning
(hukmisiz) biron narsani harom qilmagan bo‘lur edik», dedilar. Ulardan avval
o‘tgan (kofir) kimsalar ham mana shunday qilgan edilar (ya’ni, o‘z ixtiyorlari
bilan kufr yo‘lini tanlab, so‘ngra: «Bizning kofirligimizga Allohning O’zi sabab»,
deb Alloh taolo sha’niga tuhmat qilgan edilar). Payg‘ambarlar zimmasida
(odamlarni majburan dinga kirgizish emas, balki) faqat (Alloh nozil qilgan
vahiyni) ochiq-oydin yetkazish bordir.
36. Aniqki, Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroq
bo‘linglar», (degan vahiy bilan) bir payg‘ambar yuborganmiz. Shunda ular
(o‘sha ummatlar) orasida Alloh hidoyat qilgan zotlar ham shuningdek,
Do'stlaringiz bilan baham: |