27. Keyin — qiyomat kunida (Alloh) ularni yana rasvo qilur va aytur: «Mening
«sherik»larim qaerda qolishdi?! (Axir) sizlar (Mening payg‘ambarlarim bilan
o‘shalar to‘g‘risida) talashib-tortishar edinglar-ku?!» (Shunda) ilm berilgan
zotlar (ya’ni payg‘ambarlar va ulamolar) derlar: «Darhaqiqat, bugun butun
rasvolik va azob-uqubat qofirlar ustiga tushar».
28. Ular (kufr yo‘lini tanlashlari sababli) o‘z jonlariga jabr qilgan hollarida
(o‘lim) farishtalari ularning jonlarini olurlar. Shunda ular (taqdirga) tan
berishib — (bo‘yinlarini qisishib): «Bizlar biron yomonlik — gunoh qilgan
emasmiz» (derlar). Yo‘q! Shak-shubhasiz, Alloh qilgan amallaringizni
bilguvchidir.
29. Endi o‘zlaringiz mangu qoladigan jahannam darvozalaridan kiringiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |