adashmasliklaringiz uchun yo‘llarni paydo qildi.
16. Va (u yo‘llarga) belgilar (qilib qo‘ydi. Kechalarda esa kishilar) yulduzlar
bilan yo‘l topurlar.
17. (Ey mushriklar), axir (barcha mavjudotni) yaratguvchi zot — Alloh bilan
(hech narsa) yarata olmaydigan (butlaringiz) barobarmi?! O’ylamaysizlarmi?!
18. Agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar.
Albatta, Alloh mag‘firatli, mehribondir.
19. Alloh yashirgan narsalaringizni ham, oshkor qilgan narsalaringizni ham
bilur.
20. (Mushriklarning) Allohni qo‘yib, iltijo qilayotgan butlari biron narsani
yaratguvchi emasdir, balki o‘zlari yaralguvchidirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |