|
bo‘lib Qur’on nozil qilingan. Bas, sizlardan kim bu oyga hozir bo‘lsa, ro‘za
|
Pdf ko'rish
bet | 74/1934 | Sana | 03.01.2022 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #311267 |
| Bog'liq Qur'oni karim ma'nolari tarjimasi [@kitoblar pdf]
bo‘lib Qur’on nozil qilingan. Bas, sizlardan kim bu oyga hozir bo‘lsa, ro‘za
tutsin. Va kim xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining)
sanog‘ini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh
sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishini istamaydi. Bu sanoqni
to‘ldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulug‘lashingiz uchundir.
Shoyad shukr qilsangiz.
186. Bandalarim Sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga
yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarining duosini ijobat qilaman.
Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) javob qilsinlar
va Menga iymon keltirsinlar.
187. Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi.
I z o h .
Ro‘za tutish farz qilingan birinchi davrda musulmonlarga butun Ramazon oyi
mobaynida xotinlari bilan yaqinlashmaslik vojib qilingan edi. Lekin ayrim kishilar o‘zlarini
tuta olmay ro‘za kechalarida bu udumni buzar edilar. Ushbu oyat nozil bo‘lishi bilan
muammo hal bo‘ldi.
Ular sizlarning libosingiz, sizlar ular uchun libossiz (ya’ni er-xotin bir-biriga
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|