Bular (yuqorida mazkur bo‘lgan hukmlar) Allohning chegaralaridir. Bas, ularga
yaqinlashmangiz! Odamlar harom ishlardan saqlanishlari uchun Alloh o‘z
oyatlarini mana shunday ochiq-ravshan bayon qiladi.
188. Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq — harom yo‘llar bilan yemangiz!
(Ya’ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!) Va (gunoh qilayotganingizni) bilib
turib, odamlarning mollaridan bir qismini harom yo‘l bilan yeyish uchun
(mollaringizni pora qilib) hokimlarga uzatmang!
189. Sizdan oylar haqida so‘rashadi.
I z o h.
Ya’ni, «Oy dastlab ipdek nozik holda ko‘rinib, so‘ngra kattalasha boradi. Nihoyat
to‘lib, doira shakliga kirgach, yana qaytadan noziklashib, oxiri dastlabki holiga qaytadi.
Buning siri nimada?» — deb so‘rashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |