183-184. Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari
o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz
qilindi. Endi sizlardan biror kishi xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za
tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi. (Keksalik yoki
zaifligi sababli) ro‘za tutishga qiynaladigan kishilar bir miskin-bechoraning bir
kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim. Bas, kim o‘z ixtiyori bilan ziyoda
yaxshilik qilsa (lozim bo‘lganidan ortiqroq evaz to‘lasa), o‘ziga yaxshi. Agar
bilsangiz, ro‘za tutishingiz o‘zingiz uchun (evaz berish yoki hatto uzrli holatda
ro‘za tutmaslikka nisbatan) yaxshiroqdir.
185. (U sanoqli kunlar) Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat
bo‘lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |