haromdan saqlagan ayollar ham haloldir. Kimki iymonidan qaytsa, uning qilgan
amali behuda ketishi aniqdir va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilar toifasidandir.
6. Ey mo‘minlar, namozga turganingizda yuzlaringizni hamda qo‘llaringizni
chig‘anoqlarigacha yuvingiz, boshlaringizga masx tortingiz (ya’ni nam
qo‘llaringiz bilan silangiz) va oyoqlaringizni oshiqlarigacha yuvingiz! Agar
junub bo‘lsalaringiz, cho‘milingiz! Agar bemor yo musofir bo‘lsangiz yoki
sizlardan birov hojatxonadan chiqqan bo‘lsa yoxud xotinlaringizga qo‘shilgan
bo‘lsalaringiz va (mazkur holatlarda) suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan
tayammum qilingiz (ya’ni yuzingiz va qo‘llaringizni pokiza tuproq bilan
silangiz). Alloh sizlarga mashaqqat qilmoqni istamaydi, balki sizlarni poklashni
va shukr qilishlaringiz uchun sizlarga O’z ne’matini komil qilib berishni istaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |