12. Alloh Bani Isroilning ahd-paymonini oldi va o‘zlaridan o‘n ikki boshliqni
(Muso bilan birga, Shom zaminini maskan tutgan kofirlarga qarshi jang qilish
uchun) jo‘natib, Alloh aytdi: «Albatta Men sizlar bilan birgaman. Qasamki, agar
namozni to‘kis ado qilsangiz, zakotni (haqdorlarga) ato qilsangiz,
payg‘ambarlarimga iymon keltirib, yordam bersangiz va (beva-bechoralarga
yaxshilik — ehson qilish bilan) Allohga qarzi hasana bersangiz (yaxshilik bilan
qarzdor qilsangiz), albatta yomonliklaringizni (ya’ni qilgan gunohlaringizni)
o‘chirurman va albatta sizlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga
dohil qilurman. Mana shu ahd-paymondan keyin sizlardan kimki kofir bo‘lsa,
uning to‘g‘ri yo‘ldan ozgani aniqdir».
13. So‘ng ahd-paymonlarini buzganlari sababli ularni la’natladik va toshbag‘ir
Do'stlaringiz bilan baham: |