32. Ana o‘sha (fojea) sababli Bani Isroil zimmasiga (shunday farmonni) yozib
qo‘ydik: kimki biron jonni o‘ldirmagan va yerda buzg‘unchilik qilib yurmagan
odamni o‘ldirsa, demak, guyo barcha odamlarni o‘ldiribdi va kimki unga hayot
ato etsa (ya’ni o‘ldirishdan bosh tortsa), demak; go‘yo barcha odamlarga hayot
beribdi. Ularga (Bani Isroilga) payg‘ambarlarimiz mana shunday hujjatlar
keltirdilar. Shundan keyin ham ulardan ko‘plari yer yuzida (qon to‘kish bilan)
haddan oshib yurguvchidirlar.
I z o h:
Mazkur oyatda Islomning insonparvarligi ko‘zga tashlanadi. Ya’ni bir kishini
nohaq o‘ldirish butun jamiyatni o‘ldirish, bir kishini halokatdan saqlab qolish esa butun
jamiyatni asrab qolishdir, deb ta’kidlanadi.
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
88
Do'stlaringiz bilan baham: |