jonivorlar harom qilindi. Magar (bu jonivorlarni joni chiqmasdan turib) so‘yib
yuborishga ulgurib qolgan bo‘lsangiz, haloldir. Yana butlarga atab so‘yilgan
hayvonlar (go‘shtini iste’mol qilish) va (fol) cho‘plardan qismatingizni
so‘rashingiz (ham sizlarga harom qilindi). Zotan bu ishlaringiz itoatsizlikdir.
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
84
I z o h .
Islom kelishidan ilgari arablar har turli fol ochishlarga juda berilgan edilar.
Shulardan biri — ularning doimo yonlarida uchta bir xil cho‘pni olib yurishlari edi. U
cho‘plarning biriga: «Qilgin», yana biriga «Qilmagin», deb belgi qo‘yilgan, uchinchisiga
esa hech narsa yozilmagan bo‘lardi. Qachon biron ishni ado etmoqchi bo‘lsalar, o‘sha
cho‘plardan fol so‘rardilar. Islom bunday xurofotlarni man’ qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |