qo‘rqsangiz (o‘zingizga yaxshidir). Zero, Alloh qilayotgan amallaringizdan
xabardor bo‘lgan zotdir.
129. Har qancha urinsangizlar ham xotinlaringiz o‘rtasida adolat qilishga qodir
bo‘lmaysizlar. Bas, butunlay (suygan xotinlaringiz tomonga) og‘ib ketib
(ko‘ngilsiz bo‘lib qolgan) xotiningizni muallaqa kabi tashlab qo‘ymangiz!
I z o h .
Muallaqa ayol — eri biron-bir sabab bilan bedarak ketgan ayoldir. U erim bor,
desa — eri yo‘q, bevaman, deyin, desa — eri taloq bermay ketgan.
Agar o‘zlaringizni o‘nglab Allohdan qo‘rqsangizlar, albatta Alloh mag‘firatli,
mehribon bo‘lgan zotdir.
130. Bordiyu er-xotin ajralib ketsalar, Alloh ikkalasini ham O’zining keng
karami bilan behojat qilib qo‘ygay. (Ya’ni har ikkisiga ham avvalgi turmushidan
Do'stlaringiz bilan baham: |