120. (Shayton) ularga va’dalar berur, xomxayollarga mubtalo qilur. Oxir-
oqibatda shayton bergan va’dalar faqat yolg‘on-sarob bo‘lib chiqar.
121. Unday kimsalarning joylari jahannam bulib, undan qochib qutula
olmagaylar.
122. Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan zotlarni esa ostidan daryolar oqib
turadigan jannatlarga kiritajakmiz – ular u yerda abadiy yasharlar. Bu
Allohning haq va’dasidir. Allohdan ko‘ra rostgo‘yroq kim bor?!
123. Sizlarning xomxayollaringiz ham, ahli kitobning xomxayollari ham haq
emas — kimki yomon amal qilsa, jazosini olur va o‘zi uchun Allohdan o‘zga na
bir do‘st va na bir madadkor topmas.
124. Xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin — kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida yaxshi
Do'stlaringiz bilan baham: |