108. Ular (o‘zlarining jinoyatlarini) odamlardan yashira oladilar, ammo
Allohdan yashira olmaydilar. U O’zi rozi bo‘lmaydigan gaplarning rejasini
xufyona tuzayotgan paytlarida ham ular bilan birga bo‘lur. Alloh ularning
qilayotgan amallarini ihota qilguvchi bo‘lgan zotdir.
109. Hoy sizlar, bu dunyoda-ku, ularning yonini oldingiz. Endi qiyomat kunida
kim ularni Allohdan himoya qilib yonlarini olur yoki kim ularning ustida vakil
bo‘lib turar?!
110. Kim biron bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan
mag‘firat so‘rasa, Allohni mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar -
ko‘rar.
111. Kimki biron gunoh qilsa, faqat o‘ziga zarar qilgan bo‘ladi. Alloh Bilim va
hikmat egasi bo‘lgan zotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |