ikki oy ro‘za tutmog‘i lozim. Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.
93. Kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannam bo‘lib, o‘sha
joyda abadiy qolajak. Va u Allohning g‘azabi va la’natiga duchor bo‘lgan, Alloh
uning uchun ulug‘ azobni tayyorlab qo‘ygandir.
94. Ey mo‘minlar, qachon Alloh yo‘lida jihod uchun safarga chiqsangiz
(dushmanlaringizni) aniq tanib olinglar va bu hayoti dunyoning narsasini istab
sizlarga salom bergan kishiga: «Sen mo‘min emassan!» demanglar! Zero,
Allohning huzurida behisob o‘ljalar bordir.
I z o h .
Rivoyat qilishlaricha, bir necha sahoba ketayotganlarida oldilaridan qo‘y boqib
yurgan bir kishi chiqib, ularga salom bsribdi. Shunda ular o‘zlaricha: «Bu bizdan qutulish
uchun o‘zini musulmon qilib ko‘rsatib salom beryapti», deydilar va haligi odamga hujum
qilib o‘ldirib, qo‘ylarini o‘lja qilib payg‘ambar alayhis-salomning oldilariga haydab
keladilar. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi.
Ilgari sizlar ham shunday edingiz (ya’ni kofirlar qo‘l ostida musulmonligingizni
Do'stlaringiz bilan baham: |