yashirib yurishga majbur edingiz). Endi Alloh sizlarni (Islom davlatida yashash
ne’mati bilan) mamnun qildi. Bas, (dushmanlaringizni) aniq tanib olinglar.
Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor bo‘lgan zotdir.
95-96. Mo‘minlardan o‘zlari beshikast bo‘lib turib (jihodga chiqmay) o‘tirib
olgan kishilar bilan Alloh yo‘lida mol va jonlari ila kurashgan zotlar barobar
bo‘lmaydi. Alloh molu jonlari bilan kurashgan zotlarni (biron uzr sababli
jihodga chiqmay) o‘tirib olgan kishilardan ham bir daraja afzal qildi va
barchalariga go‘zal oqibatni (ya’ni jannatni) va’da qildi. Hamda Alloh jihod
qilguvchilarni o‘tirib oluvchilardan ulug‘ mukofot — O’z tomonidan bo‘lajak
yuksak darajalar, mag‘firat va marhamat bilan afzal qildi. Alloh mag‘firatli,
mehribon bo‘lgan zotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |