hamma narsani hisobga olguvchi bo‘lgan zotdir.
87. Yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday iloh yo‘qdir. U sizlarni hech shak-
shubhasiz bo‘lgan qiyomat kunida to‘playdi. Allohdan ko‘ra rostgo‘yroq kim
bor?!
88. (Ey mo‘minlar), nega sizlar munofiqlar to‘g‘risida ikki guruhga bo‘linib
oldingiz? Axir, Alloh ularni o‘z qilmishlari sababli (kufr va nifoqqa) qaytardi-
ku?! Yoki Alloh adashtirgan kimsalarni to‘g‘ri yo‘lga solmoqchimisizlar? Kimniki
Alloh adashtirib qo‘ygan bo‘lsa, uning uchun hargiz yo‘l topa olmaysiz!
I z o h .
Ushbu oyat sahobalar bilan birga Makkadan Madinaga hijrat qilib, so‘ngra
payg‘ambar alayhis-salomga turli uzr-bahonalar ko‘rsatib, yana orqalariga — Makkaga
qaytib ketgan bir qavm haqida nozil bo‘lgan. Mo‘minlarning ayrimlari ularni munofiq
deyishsa, ayrimlari ularning yonini oladilar. Shunda Alloh taolo ularni haqiqiy munofiqlar
ekanliklarini mo‘minlarga ushbu oyat orqali ma’lum qiladi.
89. Ular o‘zlari kofir bo‘lganlari kabi sizlar ham kofir bo‘lib, ular bilan barobar
Do'stlaringiz bilan baham: |